About Us
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” 2023 yil 31 maydagi PQ-171-sonli qaroriga asosan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasi tashkil etildi. Departament tizimida jami 24 ta, shundan, 7 ta davlat qo‘riqxonasi, 12 ta milliy tabiat bog‘i, 2 ta buyurtma qo‘riqxonasi, 1 ta majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxona, 1 ta davlat biosfera rezervat, 1 ta Jayron ixtisoslashgan pitomnigi mavjud.
Xususan 2019-2023 yillar davomida Respublika hududlarida jami
4,323 mln gektar maydonda 12 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etildi.
Departamentining asosiy vazifasi mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish, amaldagi qonunlar talabini davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini olib boradi hamda boshqaruvini amalga oshirish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga doir ilmiy tadqiqotlar olib borish, tabiiy majmualar monitoringini yuritishdan iborat.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasi 28-a uy, telefn: 55-503-63-55, Email: departament@meth.uz
