Surxon davlat qorixxonasi

Introducing

Qo‘riqxona Ko‘hitang tog‘ tizmasining sharqiy yonbag‘irlarida joylashgan. Dengiz sathidan 850-3137 metr balandlikdagi hududni o‘z ichiga oladi. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan bo‘lib, g‘arbdan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.

Umumiy maydoni 23406,4 gektar bo‘lib, qo‘riqlanma (bufer) hududi
17090,6  gektarni tashkil etadi.

Qo‘riqxonada xorijiy va mahalliy sayyohlarni o‘ziga rom etadigan Zaravutsoy ekoturizm maskani mavjud.

 

Tabiiy sharoiti: Tog‘ yotqiziqlari ichida paleozoy jinslari ko‘p uchraydi. Cho‘qqilarining balandligi 1700 m.dan 3137 m.gacha. Jumladan, Ayribobo cho‘qqisi – 3137 m.

Qo‘riqxona hududidagi aksariyat daryolar va soylar tog‘ning tepasidagi qor va buloqlardan boshlanadi. Qo‘riqxonadagi eng yirik soylar bu - Kampirtepa, Sherjon va Tangidarasoylardir. Ularnining o‘zanlarida katta-kichik sharsharalar mavjud. Hududdagi eng baland sharshara “Machillisoy sharsharasi” bo‘lib, uning balandligi 12-13 m.

 

Florasi: “Surxon” davlat qo‘riqxonasi o‘simliklar dunyosi 80 oila, 378 turkumga mansub 807 turni tashkil qiladi.

 

Faunasi: “Surxon” davlat qo‘riqxonasi hududida umurtqali xayvonlarning 194 turi uchrashi  aniqlangan. Shu jumladan, sut emizuvchilar sinfi 26 tur (Morxo‘r, Buxoro tog‘ qo‘yi, Turkiston silovsini, Yovvoyi cho‘chqa, Olaqo‘zan, Jayra, Tog‘ suvsari, Bo‘rsiq va boshqalar), qushlar sinfi  137 tur, sudralib yuruvchilar sinfi 24 tur, suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi 2 tur, 25 tur hayvon O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga, 18 turi TMXI “Qizil ro‘yxati kiritilgan.

 

Ekoturizm maskanlari: Qo‘riqxonaning qo‘riqlanma (bufer) hududida 395,6 ga yer maydonida Zaravutsoy ekoturizm maskani tashkil qilingan.

Qo‘riqxonaning Qizilolma bo‘limi qo‘riqlanma (bufer) hududida joylashgan “Zaravutsoy” hududida 395,6 ga. maydonda turizm uchun xizmatlar va obyektlar (kempinglar, o‘tovlar, dam olish, ovqatlanish, selfi olish nuqtalari, ekomarshrutlar ishlab chiqish va marshrutlarni ekoturistik maqsadlarda jihozlash yaʼni to‘xtash joylari, anshlaglar, ko‘rsatkichlar, besedkalar, panagohlar) ni qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Qo‘riqxona hududiga tutash joylarda yirik aholi punktlaridan  Sherobod tumanining Xomkon, Tangi, Xatak, Xo‘janqo, Qizilolma, Shalqon, Kampirtepa, Sherjon, Vandob, Tuzkon, qishloqlari joylashgan.

 

Qo‘riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Sherobod tumani markazida mexmonxonalar mavjud. (Qo‘riqxonadan 50-60 km)

 Qo‘riqxona viloyat markazi Termizdan 120-130 km, tuman markazidan 50-70 km masofada joylashgan.

 

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Sherobod shahri, Ogahiy ko‘chasi 1- uy

Visit time

Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)

Latest news View more